Qo‘qonda fuqarolar “parkovka” uchun mushtlashdi (video)
3-sahifa
−
07 avgust 7574 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mashina qo‘yishga joy talashib, o‘zaro mushtlashuv sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 5 avgust kuni yuz bergan. Qo‘qon shahrining Obod mahallasida fuqaro A.N. va A.G‘. o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal kelib chiqib, ular bir-biriga jarohat yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) va 183-moddasi (mayda bezorilik) tartibida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi parkda bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urgandi.
Live
Barchasi