Qo‘qonda bir guruh “Jihodchilar” qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Jihodchilar” oqimi tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, duradgorlik bilan shug‘ullanuvchi, 1998 y.t. shaxs muqaddam Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan vaqtida “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti emissarlari ta’siriga tushadi va keyinchalik yashash manziliga qaytib kelgach, mazkur tashkilot g‘oyalarini atrofdagilarga targ‘ib qila boshlaydi. Natijada 9 kishidan iborat guruh shakllanadi.

18-27 yosh oralig‘ida bo‘lgan guruh a’zolari orasida reklama agentligida va poyabzal ishlab chiqarish sexida ishlovchi, shuningdek, uy sharoitida bolalar kiyimlari ishlab chiqarish va sartaroshlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bor.

Ta’kidlash lozimki, ular Qo‘qon shahrining turli mavzelarida to‘planib, xalqaro terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Abdulloh domla”larning “hijrat” va “jihod” to‘g‘risidagi ma’ruzalari hamda da’vatlarini tinglab, o‘zaro muhokama qilishgan. Shuningdek, ular kelgusida Suriyadagi terroristik tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.

Guruh a’zolarining mobil telefon apparatlarida respublikamiz qonunchiligida ta’qiqlangan audio-video ko‘rinishidagi diniy materiallar borligi aniqlandi.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon jihodchilar

Baholaganlar

976

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing