Qo‘qonda Nexia-2 olib qochganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida olib qochilgan Nexia-2 rusumli avtomashina o‘g‘irlanganidan qariyb ikki oy o‘tib, pachoqlangan holda topildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB ma’lum qildi.

Joriy yilning 5 yanvar kuni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli Nexia-2 rusumli avtomashina Qo‘qon shahar Sarboz ko‘chasidan olib qochilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 2000 hamda 2003 yilda tug‘ilgan Qo‘qon shahrida yashovchi Sh.S va A.S  sodir etgani aniqlangan. Ular qo‘lga olingan va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, IIB yuqoridagi shaxslardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, Ichki ishlar organlariga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 29 fevral kuni Qo‘qonda olib qochilgan Matiz ham pachoqlangan holda topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Qo'qon Nexia-2

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing