Qo‘qonda 5 ta yonma-yon uyda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘onada viloyati Qo‘qon shahrida bir xonadonning tom qismida boshlangan yong‘in yana 4 ta uyga tarqalib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahar Omonlik ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro M.M. uyining 80 kvadrat metr maydonida tom qismi yongan. Yong‘in tarqalishi oqibatida yana 4 ta uyning tom va ichki qismlari yongan. 

Ma’lum qilinishicha, yong‘in qo‘shni xonadonlarga ham tarqalib, Omonlik ko‘chasi 21-uyda yashovchi X.Sh. uyining 75 kvadrat metr ichki va tom qismi yongan.

Shuningdek, yong‘in Baynalmilal Jangchilar ko‘chasiga ham o‘tib, 20-uyning 30 kvadrat metr tom qismi, 22-uyning 85 kvadrat metr ichki va tom qismi va 24-uyning 30 kvadrat metr ichki va tom qismini zararlagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qo'qon

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing