Qo‘qonda 4 o‘smir mast erkakni urib, uning 9 ming dollarini tortib oldi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 10493 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida fuqaroning 9 ming AQSH dollari bo‘lgan hamyonini kuch ishlatib olib ketganlikda gumonlanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 12 iyul kuni shaharning Alisher Navoiy mavzesida sodir bo‘lgan. Mast holatda ketayotgan fuqaro avvaldan tanish bo‘lgan to‘rt nafar o‘smir tomonidan to‘xtatilgan.
Gumonlanuvchilar unga tan jarohati yetkazib, ichida 9 ming AQSH dollari bo‘lgan hamyonini olib ketgan. Shundan so‘ng, ular jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zaro taqsimlab, voqea joyidan yashiringan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur mablag‘larning bir qismi – 700 AQSH dollari hamda 780 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchilardan ikki nafari protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ofislarning biridan 880 million so‘mni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi