Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Avvalroq, qor ko‘chkisi xavfi tufayli A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi. 

Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” Farg‘ona vodiysiga qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Qamchiq" dovoni yo‘nalishdan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2019 yil 21 dekabr kuni yana bitta qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Kompaniya Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan qo‘shimcha poyezd bugun, 21 dekabr kuni soat 22:40da Toshkent-Janubiy vokzalidan jo‘naydi, 22 dekabr kuni  soat 03:17da Qo‘qon vokzaliga yetib boradi. 22 dekabr kuni tonggi soat 04:05da esa mazkur poyezd Qo‘qon – Toshkent  yo‘nalishida harakatlanadi va shu kuni soat 08:55 da Toshkent-Janubiy vokzaliga kirib keladi. 

Ma’lumot uchun, joriy etilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari Toshkent - Andijon - Toshkent yunalishdagi mavjud yulovchi poyezdlar xarakat jadvaliga ta’sir etmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Qamchiq

Baholaganlar

195

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing