Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
19 avgust 2021
10864Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.N. pora olayotganda qo‘lga olindi. Ushbu ma’lumotni QALAMPIR.UZ’ga Farg‘ona viloyati prokuraturasidagi manba tasdiqladi.
Mansabdor Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M. bilan birga ushlangan. Ikki mansabdor jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 dollar talab qilgan.
Talab qilgan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.