“Qo‘qon-1912” sardori to‘purar himoyachilar ro‘yxatiga kiritildi 

Sport

image

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi (IFFHS) 2001 – 2021 yillarda eng ko‘p gol kiritgan himoyachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Statistikani tuzishda milliy chempionatlar oliy ligasi, mamlakat kubogi bahslari, klub miqyosidagi rasmiy xalqaro uchrashuvlar va milliy terma jamoa rasmiy o‘yinlarida kiritgan gollar hisobga olingan.

Unga ko‘ra, “Qo‘qon-1912” himoyachisi Murod Xolmuhammedov 55-o‘rinni egallagan. Ayni paytda “Kalyari” sharafini himoya qilayotgan Diyego Godin va “Real Madrid” a’zosi Marselo kabi tajribali o‘yinchilar bir hil natija qayd etgan holda o‘zbekistonlik himoyachi bilan bir qatorda bormoqda.

Ma’lumot uchun, futbol tarixida eng ko‘p gol kiritgan himoyachi “Barselona” sobiq murabbiyi va futbolchisi Ronald Kuman hisoblanadi. U faoliyati davomida 253 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. 2-o‘rinni argentinalik Daniel Passarella (180 gol) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan “Real” sobiq futbolchisi Fernando Yerro (165 gol) joy olgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Marselo Ramos Kuman Yerro Xolmuhammedov

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing