Marselo o‘yin vaqtida raqib futbolchisiga dahshatli jarohat yetkazdi (video)

Sport

image

Sobiq “Real Madrid” futbolchisi Marselo o‘yin vaqtida “Argentinos Xuniors” himoyachisi Lusiano Sanchesga jiddiy jarohat yetkazdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 1 avgust kuni Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida Libertadores Kubogi doirasida tashkil etilgan “Fluminense” va “Argentinos Juniors” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsning 56-daqiqasida Braziliya klubi sharafini himoya qilayotgan Marselo argentinalik raqibi Luciano Sanchesning tizzasiga dahshatli jarohat yetkazdi. Braziliyalik futbolchi to‘p uchun kurashda beixtiyor Sanchesning oyog‘ini bosib yubordi va uning oyog‘i tizzasidan teskarisiga qaytib, sinib ketdi.

Shundan so‘ng, Marselo qarshiliksiz qizil kartochkani qabul qilib oldi va maydonni tark etdi. Mazkur bahs 1:1 ko‘rinishida durang bilan yakunlandi. O‘yindan keyin “Fluminense” chap qanot himoyachisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bundan afsusda ekanini aytib post qoldirdi.

“Bugun maydonda juda qiyin holatni boshdan kechirdim, men beixtiyor hamkasbimni jarohatladim. Luciano Sanches senga tezroq sog‘ayib ketishingni va to‘liq tiklanib maydonga qaytishingni tilayman. Men qo‘limdan kelgan barcha yordamni berishga tayyorman”, deydi Marselo.

Shuningdek, “Argentinos Xuniors” klubi rahbariyati Marseloning gaplariga iliqlik bilan javob qaytardi. 

“Biz raqibmiz, lekin dushman emasmiz. Marselo va barcha “Fluminense” jamoasidagilarga g‘amxo‘rlik uchun rahmat”, deb yozib qoldirgan Argentina klubi rasmiylari. 

Endilikda Sanches zudlik bilan tizzasini operatsiya qildirishi kerak bo‘ladi va uning tiklanish davri 8 oydan 12 oygacha davom etishi mumkin.

Ma’lumot uchun, jamoalar kelasi seshanba kuni yana “Marakana” stadionida chorak finalga chiqish uchun o‘zaro bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Marselo Argentina dahshatli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made