Quddusda erkak o‘z farzandlari oldida otib tashlandi
Olam
−
13 yanvar 2023
11400Isroil kuchlari Sharqiy Quddusdagi Qalandiya qochqinlar lageriga reyd uyushtirayotganda uyi tomida turgan falastinlik erkakni o‘z farzandlarining ko‘zi oldida otib tashladi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 12 yanvarida sodir bo‘lgan. Otilgan erkak 41 yoshli Samir Aslan sakkiz farzandning otasi bo‘lgan. Voqea yuz bergan paytda Samir Aslan boshqa oila a’zolari bilan uyining tomidan reydni tomosha qilayotgan edi. Shu paytda u isroillik snayperchi tomonidan otib tashlangan.
Erkakning o‘g‘illari uni ko‘tarib, shifoxonaga olib borishga harakat qilgan. Biroq armiya kuchlari ularni to‘xtatib, Samirni yerga qo‘ydirgan. Shuningdek, erkak farzandlari tomonidan shifoxonaga olib ketishga ruxsat berilishidan oldin bir qancha vaqt yerda qonga belanib yotgan. U shifoxonaga yetib borgach, vafot etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak 17 yoshli o‘g‘li Ramzi Isroil kuchlari tomonidan hibsga olinganidan taxminan 10 daqiqa o‘tgach, o‘ldirilgan. Samir o‘z qizlari va turmush o‘rtog‘i bilan o‘g‘lining hibsga olib ketilish jarayonini kuzayotgan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyida Isroil kuchlari Nablus shahridagi reyd vaqtida futbolchi Ahmed Daragmehni otib o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi