Isroil kuchlari falastinlik futbolchini otib o‘ldirdi
Sport
−
23 dekabr 2022 8154 1 daqiqa
Isroil kuchlari Nablus shahridagi reyd vaqtida futbolchi Ahmed Daragmehni otib o‘ldirdi. Bu haqda “Al Jazeera”da xabar berildi.
Qayd etilishicha, holatni falastinlik shifokorlar tasdiqlagan, hodisa vaqtida besh kishi yaralangan. Voqea joyidan olingan videotasvirlarda o‘q ovozini eshitish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli Daragmeh Tubas shahridan bo‘lib, u “Taqafi Tulkarem” klubida to‘p surgan. Shuningdek, futbolchi o‘z klubining yetakchi a’zolaridan biri ekanligi qayd etilgan. Hozircha Daragmehning to‘qnashuvlarda nega ishtirok etgani ma’lum emas.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral