Qrimda o‘zbekistonlik ekstremizmni targ‘ib qilish ayblovi bilan hibsga olindi
Olam
−
16 aprel 2019
5313Qrim poytaxti Sevastopol shahrida radikal islomchilar guruhiga yetakchilik qilishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Qrim va Sevastopol bo‘yicha boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Asli O‘zbekistondan bo‘lgan erkak taqiqlangan adabiyotlardan foydalanib, tashviqot olib borgan va atrofidagilarni uning diniga ishonmaydiganlarga tajovuzkor munosabatda bo‘lishga chaqirgan.
“Yopiq mashg‘ulotlar vaqtida u migrantlarning mafkurasiga ta’sir o‘tkazib, ekstremistik faoliyatiga yangi a’zolarni jalb qilgan” deyiladi xabarda.
Ayblanuvchining uyida o‘tkazilgan tintuv vaqtida huquq-tartibot organi xodimlari hujjatlar, kompyuter va telefonni, ashyoviy dalil sifatida olishgan.
LiveBarchasi