Qrimda Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi

Olam

image

Qrim yarimorolida ukrain bayrog‘i ko‘tarildi. Bu haqda Ukrainaning Xerson viloyati davlat ma’muriyati raisining maslahatchisi Bogdan Kovalev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bayroq Sudak shahrida mahalliy ukrain vatanparvarlari tomonidan 6 avgust kuni Donbassda halok bo‘lgan askarlar hotirasi uchun ko‘tarilgan. 

Ukraina Birlashgan operatsiya kuchlari shtabi Donbassda tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qurolli kuchlari bilan to‘qnashuvda to‘rt nafar desantchi halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida DXR ukrain harbiylarining halok bo‘lishiga aloqasi yo‘qligini, ular qurol bilan ehtiyosiz muomala qilish natijasida qurbon bo‘lganini aytgan.

Qrim 2014 yilda Ukrainadagi “Maydon” voqealari vaqtida Rossiya tomonidan anneksiya qilingan. Rossiya tomoni Ukrainada tartibsizliklar boshlangan vaqtda qrimliklar o‘z ovozini berib, Rossiyaga o‘tishni ma’qul ko‘rganini iddao qiladi. Ammo jahon hamjamiyati Rossiyaning harakatini mustaqil davlatning hududiy yaxlitligiga putur yetkazish deb, baholaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qrim Ukraina-Rossiya

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing