Qozonga yig‘ilgan Prezidentlar nima yeb-ichgani ochiqlandi
Olam
−
22 fevral 2024 41831 1 daqiqa
Kecha, 21 fevral kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimidan so‘ng Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari tantanali kechki ovqatga yig‘ildi. Bu haqda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga yaqin “Pul Pervogo” kanali xabar berdi.

Kanal menyu suratini ham e’lon qildi. Davlat rahbarlari stolida:
- Qisqichbaqa va avakadoli tartar;
- Dengiz mahsulotlaridan kokil;
- Quritilgan g‘oz bilan qovoq sho‘rva;
- Mevali sharbat;
- Kartoshka kremi, qovoq ikrasi bilan sudak;
- Sabzavotli qo‘zichoq go‘shti;
- Vanilla muzqaymoqli olma pirogi;
- Turli xil tatar shirinliklari.

Bundan tashqari, menyuda Rossiyada ishlab chiqarilgan vinoning ikki turi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarga omad tilab, 2026 yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025