Qozon-Toshkent yo‘nalishida to‘xtatilgan poyezd qatnovlari tiklanadi

Jamiyat

image

2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan Qozon va Toshkent o‘rtasidagi poyezdlar qatnovini 2024 yilda tiklanishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Tatariston transport va yo‘l xo‘jaligi vaziri Farit Hanifovga tayanib shahar meriyasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tatariston transport va yo‘l xo‘jaligi vazirligi Toshkent-Qozon yo‘nalishini tiklash maqsadida, Rossiya temir yo‘llari markaziy boshqarmasiga taklif yuborgan. Ushbu liniyaning tiklanishi uchun temir yo‘l o‘tadigan barcha davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya ushbu taklifga rozilik bildirishi kerak. 

“Rossiya rozi bo‘ldi, bugun hujjat Qozog‘istonda ko‘rib chiqilmoqda, bilishimizcha, O‘zbekiston ham tez orada rozilik bildiradi”, degan Hanifov.

Shuningdek, Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviareyslarning intensivligi ham ko‘rib chiqilyapti. 

“Aviatsiyada bugun Qozon – Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikkita reys amalga oshirilmoqda. Biz har kuni parvoz qilish haqida gapiryapmiz. Samolyotlar Qozondan Samarqand va Farg‘onaga ham uchadi”, deya qo‘shimcha qilgan Farit Hanifov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bilan aviaqatnovlar bekor qilinmagani haqida xabar berilgandi. Uzbekistan Airways ma’lumotlarga ko‘ra, Tel-Avivdan Toshkentga navbatdagi reyslar 10, 12 va 15 oktyabr kunlariga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qozon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing