Qozog‘istonning Jambil viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati anomal issiq ob-havo va sug‘orish uchun suv yetishmasligi sababli Jambil viloyatining olti tumanida tabiiy favqulodda holat rejimini e’lon qildi. Bu haqda Jambil viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

“Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonunning 48-moddasiga asosan Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smailovning farmoni bilan viloyatning Bayzak, Jambil, Korday, Merken, T.Risqulov va Talas tumanlarida mintaqaviy miqyosda tabiiy xarakterdagi favqulodda holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan, viloyatning yuqoridagi hududlarida havoning anomal issiqligi va suv yetishmasligi oqibatida fermerlarning ko‘rgan zararlarini qoplash uchun Qozog‘iston hukumatining favqulodda zaxirasidan mablag‘ ajratish masalasi hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda sug‘orish suvi yetishmasligi va ob-havoning g‘ayritabiiy issiqligi sababli ushbu hududlarda hosilning nobud bo‘lishi o‘tgan yilga nisbatan 25-30 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vaziyatni baholash uchun idoralararo ishchi guruhi tuzilgan. 

“Bugungi kunda viloyatning olti tumanida ishchi guruhlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining qo‘shma ishlari natijasida yetkazilgan zararni hisoblash ishlari davom etmoqda. Dehqon xo‘jaliklariga yetkazilgan zarar miqdori vegetatsiya tugagunga qadar aniqlanadi. Yaqin kunlarda yaroqsiz dalalar maydoni va yo‘qotishlar miqdori aniqlanadi”, deydi manba.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Jambil viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing