Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida nega odamlar to‘plandi?
Olam
−
22 mart 2024
41839Avvalroq Qozog‘iston nashrlari O‘zbekiston bilan chegarada ko‘plab transport vositalari va odamlar to‘planib qolgani haqida yozgandi. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati ushbu holatni izohladi.
Unga ko‘ra, transport vositalari va odamlar to‘planib qolishiga Navro‘z bayramini nishonlash paytida O‘zbekiston fuqarolari mamlakatni tark etishi hamda “Kallanbek”, “Tajen”, “Atameken”, “Kazigurt” chegara bojxona postlarida rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgan.
“Davlat chegarasi orqali o‘tish odatdagidek tartibda amalga oshirilmoqda, nazorat-o‘tkazish punktlarida vaziyatni nazoratga olish choralari ko‘rildi”, deyiladi chegara xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, oldinroq minglab odamlar bir necha soatlab navbatda turib qolib, O‘zbekistonga kira olmayotgani aytilgan edi. Ayrim yuk mashina haydovchilari chegarada sutkalab qolib ketgan. Hattoki 100 ming tenge (taxminan 2,8 million so‘m) evaziga tezroq o‘tkazib yuborishni taklif qilganlar ham bo‘lgan. Nashrlar "pulini to‘laganlar tezroq o‘tkazib yuborilgani"ni ham tanqid qilgan.
LiveBarchasi