Qozog‘istonning to‘polonlar vaqtida tayinlangan Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Bugun, 11 fevral kuni Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga bir kunlik tashrif bilan келади.

Tashrif dasturida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Alixon Smailov bundan bir oy avval – 11 yanvar kuni Qozog‘iston hukumati rahbari etib tayinlangan edi. U 49 yoshda. Ilgari davlat xizmati va iqtisodiy tuzilmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Moliya vaziri, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Qozog‘iston O‘zbekistonning yetakchi tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biridir. 2021 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan 2 barobardan ortiqdir.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Bosh vaziri Alixan Smailov

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing