Qozog‘istonning Burabay kurortida kuchli portlash yuz berdi (video)
Olam
−
05 Iyul 2023 8835 1 daqiqa
Qozog‘istonning Burabay kurortida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik Kazaxstan” xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur portlash Burabay kurortida joylashgan yozgi oshxonada yuz bergan. Portlash haqida xabar o‘t o‘chiruvchilarga soat 3:00 da yetib borgan. Qutqaruvchilar yetib kelganida, olov allaqachon binoni to‘liq qamrab olgan bo‘lgan.
Yong‘inni o‘chirish vaqtida 4 ta gaz balloni portlab ketishi oqibatida olov qo‘shni binolarga ham o‘tgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inning turar-joy binolariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymagan.
Ertalab soat 5:00 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr