Qozog‘istonliklardan Ukrainani tark etish so‘raldi

Olam

image

Qozog‘istonning Ukrainadagi elchixonasi “o‘sib borayotgan keskinlik va xavfsizlik nuqtai nazaridan” qozog‘istonliklarga mamlakatni tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda diplomatik missiya bayonot berdi.

Elchixona xabar qilishicha, qozog‘istonliklar Ukrainani tark etish uchun Polsha yoki Moldova orqali quruqlikdagi yo‘llardan, keyin esa tijorat reyslaridan foydalanishlari mumkin.

“Polsha orqali ketayotganda Qozog‘iston fuqarolari Shengen vizasiga ega bo‘lishi kerak. Moldovaga kirish uchun viza kerak emas”, deb eslatdi diplomatik missiyaga.

Shuningdek, elchixona havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslik va zudlik bilan boshpana olishga, shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilishga va rasmiy idoralarning tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing