Qozog‘istonliklar O‘zbekiston bilan chegarada qolib ketdi. TIV bayonot berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtincha o‘z ishini to‘xtatgani haqida xabar bergan edik. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, mazkur chegarada 50 ga yaqin qozog‘istonlik Vataniga qayta olmay, qolib ketgan. 

“Bu holat O‘zbekistondagi diplomatlarimizning alohida nazoratida. O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda. Vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Fuqarolarimiz uch mahal ovqat bilan ta’minlangan, ular bilan doimiy aloqadamiz”, degan TIV rasmiy vakili Oybek Smadiyarov.

Uning ta’kidlashicha, dastlab chegarada 80 ga yaqin Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan, biroq ularning bir qismi Nukusga qaytib borgan.

Orda.kz ma’lumotlariga ko‘ra, chegarada qolib ketgan ba’zi bolalarning issiq sabab isitmasi ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Daut-ata” – “Tajen” (avtomobil yo‘li) nazorat-o‘tkazish punktida axborot tizimidagi nosozliklar tufayli odamlar, transport vositalari va yuklar o‘tishi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Taxminlarga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punktlarining o‘z ishini to‘xtatganiga nosozliklardan tashqari Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki, “Daut-ata” nazorat-o‘tkazish punkti Qoraqalpog‘istonda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Daut-ata Tajen

Baholaganlar

905

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing