Qozog‘istonliklar Livandan evakuatsiya qilindi

Olam

image

Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi ortidan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘i bilan hamda mamlakatning tegishli davlat organlari yordamida Livandan Qozog‘iston fuqarolari va ularning oila a’zolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu operatsiya Istanbul va Dubay shaharlari orqali amalga oshirilgan. Xususan, joriy yilning 17 oktyabridan 31 oktyabrigacha bo‘lgan davrda Livan poytaxti Bayrutdan Ostona va Olmota shaharlariga 41 kishi xavfsiz ravishda qaytib kelgan.

“Evakuatsiya Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, jangovar harakatlar hududida qolib ketgan fuqarolarni himoya qilish uchun amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov Yaqin Sharqdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda Qozog‘iston Isroil, Eron va Livandagi fuqarolarini evakuatsiya qilishi mumkinligini xabar qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston evakuatsiya Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing