Qozog‘istonlik mobilograf sahnada  vafot etdi (video)

Madaniyat-san’at

image

14 oktyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan "Irina Kairatovna" guruhining konserti vaqtida mobilograf sahnada hushini yo‘qotib, yiqilib tushgan va konsert to‘xtatilgan. Keyin esa guruh a’zolari uning o‘lganini bildirgan va konsert boshqa kunga qoldirilgan. Ushbu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi. 

Konsert vaqti vafot etgan mobilograf 21 yoshli Shahnaz Jilqaydarov bo‘lib, uning vafoti sabablari hozircha ochiqlanmagan. Musiqachilar ham mobilografning o‘limi sababi haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytgan. Ular vakolatli organlarning rasmiy izohlarini kutyapti.

Guruh voqea munosabati bilan 14-15 oktyabr kunlari Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan chiqishlarini bekor qildi.

“Yana shuni ma’lum qilmoqchimizki, bo‘lajak Yevropa gastrolimiz Shahnaz xotirasi va hurmatiga bag‘ishlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi chog‘ida vafot etgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston kontsert mobilograf Irina Kairatovna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing