Qozog‘istonlik qiziqchining Rossiyaga kirishi 50 yilga taqiqlandi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni qozog‘istonlik qiziqchi Nurlan Saburovga Rossiya Federatsiyasiga kirish 50 yil muddatga taqiqlandi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saburov Vnukovo aeroportiga borganidan so‘ng unga Rossiyaga kirish taqiqlangani haqida rasmiy hujjat topshirilgan. 

Huquq-tartibot idoralari vakillarining bildirishicha, qiziqchi Rossiyada migratsiya va soliq qoidalarini buzgan. Saburov 2025 yil may oyida ham xuddi shu turdagi ayblovlar bilan Sheremetevo aeroportida qo‘lga olingan. Unga 5000 rubl miqdorida jarima solinib, Rossiyani ixtiyoriy ravishda tark etish uchun ikki hafta vaqt berilgan.

Nurlan Saburov – Rossiyadagi eng mashhur stendapchi komiklardan biri hisoblanadi. 2022 yil bahorida Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralamagani uchun AQSH va Isroilda uning konsertlari bekor qilingan. 2025 yil oxiriga kelib Rossiyada ham qiziqchining konsertlari taqiqlangan. Saburov Rossiyada umumiy qiymati 160 million rubldan ortiq mulkka egalik qilishi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u vositachilar orqali daromadlarini yashirishga uringan, biroq sanksiyalardan cho‘chib, Rossiya fuqaroligini olishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Qozog'istonlik qiziqchi Nurlan Saburov kirish taqiqlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing