Qozog‘istonga COVID-19'ga qarshi kurashish uchun 800 ming dollarlik yordam berildi

Olam

image

AQSH hukumati Qozog‘istonga koronavirusga qarshi kurashish uchun 365 mln tenge (813 ming dollar atrofida) miqdorida yordam berdi. Bu haqda Qozog‘istondagi AQSH elchixonasi ma’lum qilmoqda. 

Qo‘shma Shtatlar hukumati ushbu pullarni Qozog‘istonga AQSH Xalqaro taraqqiyoti agentligi (USAID) orqali yetkazadi.

Diplomatik vakolatxonaning ma’lum qilishicha, Vashington pandemiya davrida Qozog‘iston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiradi.

“Biz Qozog‘istonning koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan tezkor va qat’iy harakatini qadrlaymiz”, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga 402 nafar odam chalindi. 27 bemor shifo topgan bo‘lsa, 3 kishi vafot etdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qozog'iston

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing