Qozog‘istonga 11 kg narkotik olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Tailanddan olib kelingan narkotik moyini sport sumkasida Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan qozog‘istonlik yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, DXX va Bojxona organlari hamkorligida poytaxtning Chilonzor tumanida amalga oshirilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

Xususan, 2004 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining sport sumkasi belgilangan tartibda tekshirilganda, uning ichida shirinliklar va boshqa mahsulotlar niqobi ostida qadoqlangan, taxminiy og‘irligi 11 kg bo‘lgan gashish moyi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. 

Aniqlanishicha, u Tailand davlatidan olib kelgan ushbu narkotiklarni Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amudaryo orqali 2 kg 32 gr narkotik moddani dronda O‘zbekistonga olib o‘tishga urinish to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing