Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik va ikki politsiya xodimi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 13 iyul kuni Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jambil viloyati politsiya departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH xabari viloyat politsiya departamenti navbatchi qismiga soat 17:35 da kelgan. Olma-ota-Yekaterinburg magistral yo‘lining 380-km.da SsanYong xizmat mashinasi ag‘darilgan.

YTH natijasida Mo‘yinqum tumani politsiya bo‘limining ikki xodimi va bir nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo‘lgan.

YTH migratsiya qonunchiligini buzgan qoidabuzarni olb ketayotganda sodir bo‘lgan. Hodisa yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi bilan sudgacha tergov harakatlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing