Qozog‘istondagi YTHda sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi (video)
Olam
−
03 aprel
19643Bugun, 3 aprel kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston IIV axborot xizmati ma’lum qildi.
Hodisa Volvo rusumli yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgan Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida ro‘y bergan. Oqibatda miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.
"Mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik bir oilaning 3 a’zosi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi