Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
12 yanvar 2024 34661 1 daqiqa
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.
Gap shundaki, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Shu sababli, mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish, xavfsiz transport vositalaridan foydalanish, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslik so‘ralmoqda.
Bildirilishicha, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi mumkin. Shuni inobatga olib, Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanish cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hududida hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan holda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning mamlakatni tark etishi so‘ralayotgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025