Qozog‘istondagi o‘zbek migrantlariga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2023 4787 1 daqiqa
UNICEF’ning “Migratsiya jarayonlarida bolalarni himoya qilish” loyihasi doirasida Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Xayriya tadbiri O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligi binosida “Rodnik” jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Unda chet ellardagi fuqarolarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va murakkab vaziyatlarda ularga zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan O‘zbekiston hukumati yuritayotgan siyosat haqidagi so‘z bordi.
Tadbir chog‘ida ishsizligi tufayli mushkul ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat besh oilaga va o‘n nafar bolalarga 800 AQSH dollari miqdoridagi gumanitar yordam - o‘quv qurollari, kitoblar, gigiyena va antiseptik vositalari topshirilgan.
Shuningdek, “Rodnik” jamoat fondi vakillari Bosh konsullikka insonparvarlik tadbirini amalga oshirishda berayotgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 8 oy ichida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan hozirda Rossiyada bo‘lgan 1 ming 37 nafar odam ishga joylashtirildi. Mehnat migrantlarining 8 ming 6 nafariga ijtimoiy, 1 ming 993 tasiga esa moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi