Harbiy qismdagi portlashdan so‘ng, Mudofaa vaziri iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 26 avgust kuni Qozog‘istonning Jambil viloyati Bayzoq tumanida joylashgan harbiy qismda portlash sodir bo‘lgan edi. 

Ushbu voqeadan so‘ng, mamlakat Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda. 

Qayd etilishicha, vazir iste’foga chiqishga tayyor, faqat Qozog‘iston rahbari qaror qabul qilsa bo‘ldi. 

Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, birinchi navbatda, u portlash oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilishi lozim. So‘ngra u mamlakat rahbarining qarori bilangina lavozimini tark etadi.  

Ma’lumot o‘rnida, Nurlan Yermekbayev 2018 yil avgust oyida Qozog‘iston Mudofaa vaziri etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing