Qozog‘istondagi mega masjidni To‘qayev qolib Nazarboyev ochib berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur masjidning ochilish marosimida Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. Bu haqda Birinchi Prezidentning rasmiy saytida xabar berildi. Rasmiy axborotda Prezident To‘qayev marosimda qatnashgani haqida ma’lumot yo‘q.

“Ushbu muborak juma kuni poytaxtimizda ko‘rkam masjid ochmoqdamiz. Bu nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning barcha aholisi, musulmonlari uchun muhim voqeadir”, degan Birinchi Prezident ochilish marosimidagi nutqida.

Shuningdek, u nutqi davomida, masjidning tamal toshini o‘zi qo‘ygani, amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev unga hamrohlik qilganini eslab o‘tdi.

“Mustaqillik bilan mamlakatimizning barcha hududlarida masjidlar ochmoqdamiz. Bu masjidlarda o‘qiladigan duolar Allohga yetib borsin. 2019 yil mart oyida vakolatlarim tugatilishidan bir kun avval ushbu masjidning birinchi g‘ishtini qo‘ygandim. Mamlakatning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev men bilan birga edi”, deya ta’kidlagan Nazarboyev ochilish marosimida.

Bundan tashqari, marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ham ishtirok etib, nutq so‘zlagan. U bunday ulug‘ oyda Allohning yangi baytining ishga tushishi katta ne’mat ekanligini ta’kidlab, yangi masjid bilan Qozog‘iston xalqini muborakbod etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Qosim-Jomart To'qaev Qozog'istondagi mega masjid

Baholaganlar

701

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing