Qozog‘istondagi marafonda ikki ishtirokchi halok bo‘ldi
Sport
−
22 aprel 2025 5146 1 daqiqa
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan marafonda ikki sportchi vafot etdi. Bu haqda RBC nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yuguruvchilardan biri 84 yoshda bo‘lib, birinchi kilometrda yiqilgan, 21 yoshli ikkinchi qurbon esa 16-kilometrda hushini yo‘qotgan. Tez yordam kelgunga qadar ikkalasi ham vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Oqqo‘yan Irsaliyev va Nurbol Ahmadi poygalarning doimiy ishtirokchisi bo‘lib, 20 aprel kuni 21,1 km masofaga kechgan poygada ham qatnashgan. 2021 yildan buyon poygalarda muntazam ishtirok etib kelgan 84 yoshli Irsaliyev birinchi kilometrda hushini yo‘qotdi. Bir daqiqadan so‘ng tez yordam mashinasi yetib keldi, biroq uning tomir urishi to‘xtagandi. Shifokorning aytishicha, o‘limning dastlabki sababi o‘pka emboliyasi bo‘lgan.
Ikkinchi qurbon, 21 yoshli Ahmadi poyganing 16-kilometrida yiqilib, shifokorlar yetib kelguniga qadar vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘pka emboliyasi va o‘tkir yurak yetishmovchiligi tufayli olamni tark etgan.
Tashkilotchilar marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, ularning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi