Qozog‘istondagi maktablarda dars jarayonlari onlayn shaklga o‘tkazildi

Olam

image

Bugun, 17 aprel kunidan boshlab Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahridagi maktablarda o‘quv mashg‘ulotlari kuchli qor bo‘roni tufayli onlayn shaklga o‘tkazildi. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, shahardagi maktablarning 1-11-sinf o‘quvchilari, shuningdek, kollejning 1-2-bosqich talabalari noqulay ob-havo sharoiti tufayli masofaviy ta’limga o‘tgan.

Shuningdek, Qozog‘iston poytaxtida qor yog‘ishi, qor bo‘roni va shamolning kuchayishi 15-20 m/s gacha yetgan. Ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli transport oqimlari va jamoat transporti tezligi pasaygan. Avtobus yo‘nalishlarining intervallari ham kechiktirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 17 aprel kuni Ostona va Qozog‘istonning 14 viloyatida qor bo‘ronlari haqida ogohlantirish e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida harorat 9 darajaga tushib ketib, qalin qor yog‘gan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston masofaviy ta'lim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing