Qozog‘istondagi dahshatli YTHda 6 nafar xorijlik halok bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatida xorijlik yo‘lovchilar bo‘lgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Politsiya departamentiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 20 may kuni ertalab “Olmota–Yekaterinburg” avtomagistralidagi “Qayrak” chegara postidan taxminan 2 kilometr uzoqlikda yuz bergan. 10 nafar xorijlik yo‘lovchi bo‘lgan Ford Transit mikroavtobusining haydovchisi DAF yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida 6 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana 5 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan Qorabaliq tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularning qaysi mamlakat fuqarosi ekani ochiqlanmagan.

Qo‘stanay viloyati Politsiya departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi (Transport vositalarini boshqarish yoki ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamning ehtiyotsizlik oqibatida o‘lishi) bo‘yicha tergov boshlanib, hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida ichida 33 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragandi. Yo‘lovchilar yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan. Qurbonlar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qozog'iston Qo'stanay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing