Qozog‘istondagi dahshatli yong‘in. Qurbonlar bor

Olam

image

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati 2 sentyabrdan buyon alangan qurshovida. Auliyekol tumanida chiqqan o‘rmon yong‘inlarining geografiyasi kun o‘tgan sayin kengaymoqda. Mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 5 sentyabr holatiga ko‘ra, yong‘inlar maydoni 43 ming gektargacha kengaygan, o‘rmon xo‘jaligining umumiy maydoni esa 107,3 ming gektarni tashkil etgan. 

Оперативная инфорmация по природноmу пожару произошедшеmу   в Коstaнайsкой облаsти на 13.00 чаsов 5 sентября

Yong‘in oqibatida bir qancha qishloqlarda 108 ta bino vayron bo‘lgan va zarar ko‘rgan. 1841 kishi evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar, kuygan va zaharlanganlar 10 kishiga yetdi.  1935 yilda tug‘ilgan erkak vafot etgan. Mintaqada mahalliy miqyosda favqulodda holat e’lon qilingan.

Оперативная инфорmация по природноmу пожару произошедшеmу в Коstaнайsкой облаsти 18.00 чаsов 4 sентября

Yong‘inni o‘chirishga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va o‘rmon xo‘jaligining 196 ta texnikasi, 7 ta samolyoti, 5 ta o‘t o‘chirish poyezdi hamda 1526 nafar shaxsiy tarkibi jalb etilgan. Yong‘inni o‘chirish boshlangandan beri vertolyot bilan 93 marta suv to‘kildi.

3 sentyabr kuni meteorologik vaziyatning murakkablashishi, jumladan, havo haroratining 36 daraja yuqori bo‘lishi, 28 m/s gacha bo‘lgan bo‘ronli shamol tufayli yong‘in maydoni 9400 gektardan oshdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ta hududda (Amankaragay, Lesnoye, Ozernoye, Baganali va Kalinino qishlog‘i yaqinida) o‘rmon zonasida yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Evakuatsiya qilinganlar mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan Auliyekol o‘rta maktabi va Auliyekol maktab-internatiga joylashtirish, oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkil etildi, 66 nafar fuqaro evakuatsiya punktlarida qolmoqda. Qolganlar o‘z uylariga qaytgan yoki qarindoshlarinikiga joylashgan.

Фото: Tengrinews.kz/Турар КазангаповFVVning qayd etishicha, Nur-Sulton shahrida Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3 ta samolyoti suv o‘tkazgichlari bilan shay holatda turibdi. 

Parlament deputatlari tashabbusi bilan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami kolonnasi tuzilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istonda yong'in Qo'stanay

Baholaganlar

142

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing