Qozog‘istonda yuz bergan yong‘inda ikki o‘zbekistonlik jarohatlandi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning Aqtau shahrida yuz bergan yong‘inda o‘zbekistonlik fuqarolar jarohat oldi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in joriy yilning 13 fevral kuni Aqtaudagi shina ta’mirlash ustaxonasida sodir bo‘lgan. Vayron bo‘lgan ob’ekt ichida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xizmati ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, zudlik bilan shifoxonaga olib ketgan.

“Yong‘in paytida jarohatlangan ikki kishining ahvoli og‘ir. Ular reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. To‘liq holatlar tegishli choralar ko‘rilganidan keyin ma’lum bo‘ladi”, deyiladi Mang‘istau viloyati shifoxonasi matbuot xizmati xabarida.

Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyadagi Sankt-Peterburg shahrining Kolpinskiy tumanidan  o‘zbekistonlik erkak tomog‘i kesilgan holda topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing