Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobus ulkan chuqurlikka tushib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 4 dekabr kuni Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus 150 metrli chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.

“Ayni paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Afsuski, Favqulodda vaziyatlar xizmati qutqaruvchilari halok bo‘lgan ikki nafar fuqaroning jasadini qumdan topishdi. Ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda. Avtobus esa hali topilmadi, qidiruv tugagani yo‘q”, deya xabar berdi Professional harbiylashtirilgan favqulodda qutqaruv xizmatlari respublika markaziy shtabi.

Qo‘shimcha qilinishicha, avtobusda to‘rt kishi bo‘lgan.

"Ushbu fojiali voqea barchamiz uchun qattiq zarba  bo‘ldi. Qutqaruv xizmati qurbonlarning oilalariga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi, ularning qarindoshlaridan hech biri qarovsiz qolmaydi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 4-yanvar kuni soat 01:25 atrofida Pavlodar viloyatining Bayanao‘l tumanida “Maykainzoloto” AJ hududida, Maykainskiy shaxtasi yaqinida ichida to‘rt kishi bo‘lgan avtobus chiqindi hududiga tushib ketgan.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qulashning dastlabki uzunligi 150-200 metr, eni 500 metr, qulash chuqurligi 150 metrni tashkil etadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston yo'lovchi avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing