Qozog‘istonda yil boshidan beri 4 ta teraktning oldi olindi

Olam

image

Joriy yil Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) xodimlari tomonidan to‘rtta terrorchilik harakati uchun tayyorgarlik barbod qilindi. Terrorizm va ekstremizmga aloqadorlikda gumonlanib, 44 kishi hibsga olindi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Yermek Sag‘imboyev bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi. 

Bildirilishicha, joriy yilda terrorizm va ekstremizmga aloqadorlik uchun 84 kishi sudlangan. Suriya va Turkiyadan terroristik xarakterdagi jinoyatlarda gumon qilinib qidiruvda bo‘lgan olti nafar Qozog‘iston fuqarosi ekstraditsiya qilingan, ularning ikkitasi sudlangan. Terrorizm va ekstremizmga aloqador 824 xorijlikning Qozog‘istonga kirishi to‘xtatilgan.

Shuningdek, MXQ Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda 19 ta uyushgan jinoyatchilik guruhini zararsizlantirgan va 60 nafar shaxsni hibsga olgan. Noqonuniy muomaladan 505 ta o‘qotar qurol, beshta qo‘lbola portlovchi qurilma, 45 ta portlovchi paket va 15 046 dona o‘q-dori musodara qilingan.

“33 ta giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchi laboratoriya, shuningdek, ularni xalqaro va mintaqaviy tashuvchi 66 ta kanal yo‘q qilingan. Noqonuniy muomaladan 3,2 tonna giyohvand moddalar va psixotrop vositalar, 4,5 tonna giyohvandlik xomashyosi hamda 18,8 tonna prekursorlar olib qo‘yilgan. Giyohvand moddalar va psixotrop vositalarning noqonuniy muomalasi uchun 162 kishi sudlangan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat chegarasida taxminan 55 ming huquqbuzar qo‘lga olingan, 1 300 dan ortiq qurol-yarog‘, o‘q-dori, giyohvand moddalar va boshqa taqiqlangan buyumlarni olib o‘tishga urinishlar to‘xtatilgan. Noqonuniy migratsiyaning 20 ta kanali yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog‘iston respublikasida terakt uyushtirishda gumonlanib, besh kishi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing