Qozog‘istonda O‘zbekistonni sharmanda qilayotgan ayollar ushlandi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Olmaota shahrida intim xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan O‘zbekiston va qirg‘izistonlik ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Politsiya departamenti axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Olmaota shahrida o‘tkazilgan tezkor profilaktika tadbiri doirasida shahardagi mehmonxonalardan birida 11 nafar ayolning fohishalik qilayotgani aniqlangan.  Tekshiruvlar natijasida ularning to‘rt nafari O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

“Ular 1997, 2000 va 2003 yillarda tug‘ilgan. Huquqbuzarlar Qozog‘iston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasiga asosan Olatov tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi”, deyiladi xabarda. 

Mehmonxonada qo‘lga olingan yana olti nafar ayol mamlakat Jinoyat kodeksining 449-moddasi (jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash tamoyillarini buzish) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, majmua egasi Jinoyat kodeksining 450-moddasi (mansabni suiiste’mol qilish) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, avval ham Olmaota shahridagi mehmonxonalardan birida intim xizmat ko‘rsatuvchi 7 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlangani haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Qozog'iston O'zbekiston ayollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing