Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha o‘ldirildi

Olam

image

Chimkentda o‘zbekistonlik yosh ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkak, uni o‘g‘rilikda ayblab, vahshiylarcha o‘ldirdi. Bu haqda Sud hukmiga tayanib, “Zakon.kz” nashri xabar berdi.

Aniqlanishicha, mazkur dahshatli jinoyat 2023 yilning iyul oyida Chimkentdagi ijaraga olingan xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Ya’ni, uyda qiynab o‘ldirilgan yosh ayolning jasadi topilgan. Tergov davomida qotil marhumni krossovka bog‘ichlari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng, jinoiy ishlar bo‘yicha Chimkent shahar tumanlararo ixtisoslashtirilgan sudida ish bir necha oy davomida ochiq ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi 29 yoshli Qozog‘iston fuqarosi bo‘lib, muqaddam sudlangan hamda Chimkentga pul topish maqsadida ko‘chib kelgan. Sud qaroriga ko‘ra, marhuma ham ishlash uchun O‘zbekistondan kelgani aniqlangan.

Jinoyat prokuraturasi xodimlari o‘sha kuni marhuma va sudlanuvchi o‘rtasida telefon sababli nizo kelib chiqqanini aniqlagan. Sudda ayblanuvchi o‘z aybini to‘liq tan oldi va kechirim so‘radi.

"29 iyun kuni sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ayol bilan uchrashuv haqida kelishib olgan. Ular Chimkent shahrida, Tauke Xana ko‘chasidagi uyda uchrashgan. So‘ngra ixtiyoriy jinsiy aloqada bo‘lgan. Keyin sudlanuvchi ushbu xonadondan uyali telefonini topa olmagan. Janjal mushtlashuvga aylanib ketgan, oqibatda sudlanuvchi krossovka bog‘ichini olib, ayolning bo‘yniga o‘rab olgan. Jinoyat prokuraturasi tomonidan sudlanuvchining qilmishlari 99-modda – qotillik bilan tasniflangan”, deydi Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha kengashi sudyasi Sirim Yaxshiliqov.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston o'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made