Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi. Qurbonlar bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 16 iyul kuni Qozog‘istonning Shetsskiy tumanida ichida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Qozog‘iston FVVdan olingan ma’lumotga ko‘ra, YTH bugun soat 3:21 da Shetsskiy tumanidan o‘tgan “Olma-ota-Yekatrinburg” avtomobil yo‘lining 850 kmda yuz bergan. MAN yuk mashinasi va Mercyedyes-Benz Sprinter yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashgan. Oqibatida mikroavtobus ichida bo‘lgan 17 nafar yo‘lovchidan 8 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 9 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jaroxati olib, Aksu-Ayuli qishloq shifoxonasiga yotqizilgan.

YTH oqibatida mikroavtobus salonida bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak bermoqda.

Hozirda, ushbu xolat yuzasidan Qozog‘iston IIV hodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing