Qozog‘istonda ustiga qiruvchi samolyot o‘q-dorilari tushib ketgan askar vafot etdi

Olam

image

Qozog‘istondagi Toldiqo‘rg‘on aviatsiya bazasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida bir nafar harbiy xizmatchi vafot etdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, bugun, 15 avgust kuni Toldiqo‘rg‘on harbiy aviabazasida jangovar samolyotning uchishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida uning o‘q-dorilari ikki nafar harbiy xizmatchining ustiga tushib ketgan. Ulardan biri olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan, ikkinchisiga esa hozirda zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda, tadbir manfaatlari uchun boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi. Qurolli kuchlar qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi halok bo‘lgan harbiy xizmatchining qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan 24 yoshli yigit vafot etgan edi. Ma’lum qilinishicha, asli samarqandlik bo‘lgan yigit joriy yilning mart oyida Toshkentga muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun kelgan. U shu yilning 27 iyun kuni pnevmoniyadan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston aviabaza Toldiqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing