Qozog‘istonda urush faxriylariga 9,6 ming dollar beriladi

Olam

image

Qozog‘istonda yashovchi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga may oyida nishonlanadigan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan 5 million tenge (9,6 ming dollar) miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Bu haqda mamlakat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatida mamlakatda 120 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, shuningdek, g‘alabaga hissa qo‘shgan 42 ming 545 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 67 nafari qamaldagi Leningrad aholisi, 139 nafari konslagerlarning sobiq voyaga etmagan asirlari, 743 nafar urush qatnashchilarining turmush o‘rtoqlari va urushda halok bo‘lgan ikki nafar harbiy xizmatchilarning bevalari sanaladi. 

“G‘alabaga hissa qo‘shgan fuqarolarning 40 mingdan ortig‘i front orti mehnatkashlaridir”, deyiladi xabarda. 

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, urush qatnashchilari uchun jami oylik ijtimoiy to‘lovlar 262 ming 334 tenge (502 dollar), nogironlar uchun esa 279  ming 330 tenge (535 dollar)ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston urush faxriylari g'alabaning 80 yilligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing