Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qilindi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
6094Qozog‘iston o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi xalqaro bayonnomaga qo‘shildi. Bu haqda “Sputnik” mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qozog‘istonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Kayrat Umarov tashkilot bosh qarorgohida Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktining o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Ikkinchi fakultativ protokolini imzoladi.
Mamlakat prezidenti Qosim Jomar Toqayev ushbu qaror haqida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma’lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo‘lgan huquqini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yganini aytgan edi.
Qozog‘istonda o‘lim jazosini belgilash 2003 yilda mamlakat prezidenti qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar