Qozog‘istonda tulkilar maktab o‘quvchilariga hujum qildi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida ikki maktab o‘quvchisiga tulkilar hujum qilib, ularni tishlab oldi. Bolalar ota-onalari hamrohligida shifokorlarga murojaat qilgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Nashrning viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib yozishicha, kecha, 21 noyabr kuni qishloq maktabining ikki nafar o‘quvchisiga hujum uyushtirilgan, ular ota-onalari bilan Beyneu markaziy tuman shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga borgan. Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga korsak tulkisi sabab bo‘lgan.

Travmatologik tekshiruv vaqtida 2011 yilda tug‘ilgan bolaning o‘ng boldir suyagida, 2018 yilda tug‘ilgan bolaning chap boldir suyagida tirnalish borligi aniqlangan. Ikkala bolaga ham jarrohlik yo‘li bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi va kerakli emlashlarni oldi. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli, ambulator kuzatuv ostida.

“Hayvonlar quturish kasalligiga chalinishi mumkin, shuning uchun ularga yaqinlashish xavfli. Yovvoyi hayvonlar bilan aloqada bo‘lsangiz, darhol tegishli idoralarga xabar berishingiz, ular tishlab olganida esa, maktab o‘quvchilarining ota-onalari kabi tez tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak”, deydi ekolog Odilbek Qo‘zibaqov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning janubiy qismidagi Oklaxoma shtatida joylashgan yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida ishlagan hayvon o‘rgatuvchisi Rayan Esli qaramog‘idagi yo‘lbarslardan birining hujumi oqibatida halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Mang'istau viloyati Odilbek Qo'zibaqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing