Qozog‘istonda toshbo‘ron qilingan yuk mashinalari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2019
7662Avvalroq, O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yuk mashinalari Qozog‘istonning Atirau viloyatida noma’lum shaxslar tomonidan toshbo‘ron qilingani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oqtov shahridagi Bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni damda ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Oqtov shahridagi Bosh konsulligi nazoratiga olindi. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.
“7 sentyabr kuni ro‘y bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilarni O‘zbekiston Respublikasining Oqtov shahridagi Bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojat qilib ariza qoldirishlarini so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz Oqtov shahridagi Bosh konsulxona joriy yilning 31avgust kuni ochildi. Uning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.
LiveBarchasi