Qozog‘istonda tadbirkorlarni norozi qilgan “zamministr” ishdan ketdi
Olam
−
27 yanvar 2022
5724Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yerlan Kiyasov Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika bosh davlat sanitariya shifokori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan.
“Qozog‘iston Respublikasi hukumati qarori bilan Kiyasov Yerlan Ansaganovich taqdim etilgan arizaga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Qozog‘iston Respublikasi bosh davlat sanitariya shifokori lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Kiyasovning lavozimni tark etish sabablariga aniqlik kiritilmagan. U 2020 yil sentyabrida Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — bosh davlat sanitariya shifokori etib tayinlangan edi.
Ma’lumot o‘rnida, bundan bir hafta oldin mamlakatdagi tadbirkorlar Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga sanitariya shifokori tomonidan qo‘yilgan cheklovlarga qaramay, odatdagidek ishlash imkoniyatini berishni so‘rab murojaat qilgan. Tadbirkorlarning fikricha, bosh shifokorning yangi qarori ularning bizneslarining normal faoliyatiga to‘sqinlik qilgan.
Ular Prezidentdan sanitariya shifokorlari qoidalarni joriy qilishda qanday mezonlarga amal qilishlarini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
LiveBarchasi