Qozog‘istonda sovuq tufayli maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazildi

Olam

−

image

Qozog‘istonning Ostona, Olmaota, Chimkent, Qarag‘anda, Kokshetau, Pavlodar, Semey, Petropavlovsk, Taraz shaharlarida sovuq tufayli o‘quvchilar masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Ostonada birinchi smenada o‘qiydigan 0-11-sinf o‘quvchilari va kollejning 1-2-kurs talabalari, Qarag‘andada birinchi va ikkinchi smenada o‘qiydigan 0-11-sinf o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan. Havo harorati -35 darajagacha sovigan Kokshetauda bugun 1-11-sinf o‘quvchilari birinchi smenada masofadan turib o‘qishadi.

Pavlodarda ham 0-11-sinf o‘quvchilari va 1-2-kurs kollej talabalari uchun masofaviy o‘qitish tartibi joriy etilgan. Havo harorati -27 darajagacha sovigan Semeyda birinchi smenaning 1-9 sinf o‘quvchilari uchun darslar onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Shuningdek, havo harorati -33 darajagacha sovigan Petropavlovskda maktab o‘quvchilariga onlayn darslar o‘tiladi. Chimkentda ham qattiq sovuq munosabati bilan 0-11-sinflar 15 dekabrga xuddi shu tarzda bilim oladi.

Bundan tashqari, 13-14 dekabr kunlari Olmaota va Tarazda ham o‘quvchilar uyidan turib o‘qishlari mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing