Qozog‘istonda sobiq madaniyat vaziri 8 yilga qamaldi

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muxameduli 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Ostona sudining Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 20 iyun kuni Ostona shahar 2-Boyqo‘ng‘ir tuman sudida mazkur hukm o‘qib eshittirilgan.

Aristanbek Muxameduli Qozog‘iston Milliy muzeyning direktor vazifasini bajarayotgan vaqtida xalqaro ko‘rgazmani o‘tkazish uchun ajratilgan 146 million tengeni o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. 

2021 yil muzeyda “Oltin odamning dunyo muzeylari bo‘ylab yurishi” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Ko‘rgazma O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya kabi 12 davlatda namoyish etilgan. Shuningdek, sobiq amaldor 2022 yilning may oyida hibsga olingan.

Sud hukmiga ko‘ra, Muxameduli umrbod davlat xizmati va kvazidavlat sektori lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Aristanbek Muxameduli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing